Yandex O'zbekistonliklarni xalqaro dasturlash chempionati "Yandex Cupda" ishtirok etishga taklif qiladi.

Yandex yettinchi xalqaro dasturlash chempionati Yandex Cup uchun ro'yxatdan o'tish boshlandi. Bu yil musobaqada Yandex xodimlari ham ishtirok etadi va ular alohida kompaniya chempioni unvoni uchun kurashadilar. Turnirning mukofot jamg'armasi bu yil oshdi va 1,75 trillion so'mga teng. Turli mamlakatlardan ishtirokchilar uchun final va mukofotlash marosimi Toshkentda bo'lib o'tadi.
Yandex Cup 2024 ishtirokchilari uchun oltita yo'nalish mavjud: analitika, frontend va backend dasturlash, mobil dasturlash, mashinani o'rganish va sport dasturlashiga bag'ishlangan "Algoritm". Ishtirokchilar bir nechta yo'nalishlarda o'z kuchlarini sinab ko'rishlari mumkin, keyin esa yarim finalga eng mos keladiganini tanlashlari mumkin.
Yandex Cup 2024 uch bosqichdan iborat. 14-20 oktyabr kunlari onlayn-kvalifikatsiya o'tkaziladi, 2-noyabrda esa onlayn-yarim final bo'lib o'tadi. Final va ishtirokchilarni mukofotlash marosimi 2-6 dekabr kunlari Toshkentda bo'lib o'tadi. Yandex Cup 2024 ning muhim farqi Gold-final bo'lib, unda stream g'oliblari, shu jumladan Yandex xodimlari, har bir yo'nalish bo'yicha mutlaq chempion unvoni uchun kurashadilar.
Ishtirok etish uchun arizalarni chempionat saytida 20 oktyabrgacha topshirish mumkin. G'oliblar pul mukofotlarini olishadi. Har bir yo'nalishda eng yaxshi natijalarni ko'rsatgan ishtirokchilar Yandexda soddalashtirilgan tartibda suhbatdan o'tish imkoniyatiga ega bo'lishadi.
Yandex 2011-yildan beri dasturlash bo'yicha turli musobaqalarni o'tkazib kelmoqda. 2023-yilda Yandex Cupda ishtirok etish uchun 70 mamlakatdan 16 mingdan ortiq ishtirokchi ariza berdi.